Сейчас загружается

O‘zbekiston maktablarini moddiy-texnik jihozlashda SHARQ AYOLI jamg‘armasining ishtiroki

2025-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani 180-maktabida maktab tadbirlarini o‘tkazish uchun katta interaktiv doskani sovg‘a sifatida topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ANO RGMning OAJ “RJD” bilan hamkorlikdagi grant loyihasi doirasida, SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamg‘armasi, Rossotrudnichestvo Federal agentligi, Rossotrudnichestvon­ing O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ko‘magida tashkil etildi.

SHARQ AYOLI jamg‘armasi 2017-yildan beri ANO “Rossiya gumanitar missiyasi” bilan gumanitar va ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishida hamkorlik qilib keladi.
Hamkorlik doirasida faqatgina 180-maktabning o‘ziga 12 ta interaktiv doska va 300 dan ortiq kitob maktab kutubxonasiga sovg‘a qilingan.

S.Tursunbоyeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid0DyoqtMp48gk9AN79KmHJrpuG7VQRGBtA3uzH91AXcDSU7T88f7QyPiGXA9QL7jzpl

Отправить комментарий