Сейчас загружается

“SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi va Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, “SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi va Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 19-mart kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, “SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi va Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandum pedagog kadrlarga psixologik yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda amaliyotchi psixologlar nufuzini oshirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun asos yaratadi.

– taʼlim jarayonida psixologik qoʻllab-quvvatlash tizimini rivojlantirish va samaradorligini oshirish;

– hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;

– psixologlar va pedagog kadrlar uchun seminar, trening va oʻquv kurslarini tashkil etish;

– bulling, stress va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qoʻshma loyihalar ishlab chiqish hamda qoʻshma ishchi guruhlar tuzish;

– gender tengligi, inklyuziv taʼlim va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;

– oʻquvchilar va pedagoglar uchun innovatsion uslub va texnologiyalarni joriy etish;

– xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda tajriba almashish va qoʻshma loyihalar ishlab chiqish.

Ta’kidlash lozimki, ushbu Memorandum pedagog kadrlarga psixologik yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda amaliyotchi psixologlar nufuzini oshirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun asos yaratadi.

Batafsil: https://bit.ly/3FNZzGw     + 3 ФОТО

Saodat Tursunboeva

https://www.facebook.com/photo/?fbid=995466962562719&set=a.438812011561553

Отправить комментарий

Возможно, вы пропустили