Сейчас загружается

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va VERBA LEGAL investitsiya loyihalarining huquqiy hamrohligini muhokama qildi

2025-yil 10-sentabr kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi maslahatchisi Alisher Shayxov va xalqaro huquqiy kompaniya VERBA LEGAL vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv SHARQ AYOLI xalqaro jamoat fondi koʻmagida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida investitsiya loyihalarini huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek,Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay huquqiy muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

VERBA LEGAL kompaniyasi transchegaraviy bitimlar, investitsiya loyihalari,korporativ va moliyaviy huquq sohalarida ixtisoslashgan.
Kompaniya davlat idoralari va xususiy biznesga xalqaro standartlar hamda mahalliy xususiyatlarni inobatga olgan holda huquqiy xizmatlar koʻrsatadi.
Yevropa, MDH va Osiyo bozorlaridagi tajribasiga tayanib, VERBA LEGAL Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini kengaytirmoqda.

M.Mirsoatova

https://www.facebook.com/photo/?fbid=1124458302996917&set=a.438812011561553

Отправить комментарий

Возможно, вы пропустили