Сейчас загружается

O‘zbekiston va Hindiston ayollar fondlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

2025 yil 24 sentyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro ayollar jamoat fondi «SHARQ AYOLI — WOMAN OF EAST» raisi Saodat Tursunbayeva hamda Hindistonning «SAUM GLOBAL FOUNDATION» ayollar tashkiloti raisi Suhani Dahia o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar hamkorlik maqsadlarini quyidagicha belgiladilar:

O‘zbekiston va Hindiston ayollari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish.

Ta’lim, madaniyat, ekologiya, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va ayollarni ijtimoiy himoya qilish sohalarida qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish.

Ayollar liderligini rivojlantirish va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash sohasida tajriba va bilim almashish.

M.Mirsoatova

https://www.facebook.com/photo/?fbid=1137827304993350&set=a.438812011561553

Отправить комментарий