Сейчас загружается

FAO BMT va SHARQ AYOLI Fondi hamkorligining istiqbollari

2025-yil 23-oktabr kuni SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamoat fondi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan “Qishloq ayollari va kelajak” nomli davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbir davomida SHARQ AYOLI Fondi vakillari “Raqamli ko‘prik” loyihasini birgalikda amalga oshirish tashabbusini ilgari surdilar. Ushbu loyiha qishloq hududlarida bepul Wi-Fi zonalarini yaratishni nazarda tutadi. Loyiha SHARQ AYOLI Fondi va O‘zbekiston menejerlar assotsiatsiyasi tomonidan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida ishlab chiqilgan. Hozirda loyiha uchun investitsiyalar jalb etish ustida ish olib borilmoqda. FAO imkoniyatlaridan foydalanish bu yo‘nalishda muhim yechim bo‘lishi mumkin.
Mazkur taklif FAO davra suhbati doirasida O‘zbekiston ayollar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.

Shuningdek, Fond tomonidan qishloq ayollari tomonidan tomorqalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini markazlashgan tartibda buyurtma va xarid qilish tizimini tashkil etish tashabbusi ham ilgari surildi.

Sayyora Atabayeva

https://www.facebook.com/photo/?fbid=1160556722720408&set=a.438812011561553

Отправить комментарий