Сейчас загружается

«SHARQ AYOLI» fondining 26-yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

«SHARQ AYOLI» – Xalqaro ayollar jamoat fondining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va unga a’zo 2 ming 300 dan ortiq NNTlar nomidan samimiy muborakbod etadi!

Assotsiatsiya Fondning ko‘p yillik fidokorona faoliyatini, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, jamiyatda tenglik va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaydi.

26 yil davomida Fond nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham ayollar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, tadbirkorlik va ijtimoiy loyihalar orqali yangi imkoniyatlar eshigini ochishda muhim o‘rin tutmoqda.

Sizlarni bu sharafli sana bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizlarga muvaffaqiyat, barqaror rivojlanish va yangi g‘alabalar tilaymiz!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiastsiyasi

Отправить комментарий