Сейчас загружается

100 ayol — raqamli kelajakka 100 qadam

2025-yil 19-may kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanida “Qishloq ayollari uchun sun’iy intellekt va elektron tijorat” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Toshkent viloyatining 8 ta tumanidan 800 nafar qishloq ayoli uchun mo‘ljallangan keng ko‘lamli o‘quv seminarlar turkumining bir qismi sifatida tashkil etildi. Seminar SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamoat fondi, O‘zbekiston Menejerlar Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida, raqamli TBC Bank moliyaviy ko‘magida o‘tkazildi.

Seminarda 108 nafar faol tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi ishtirokchilar qatnashdi.

Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni egalladilar. Jumladan, onlayn do‘konlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlar orqali savdo yuritish, shuningdek,sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida marketing jarayonlarini avtomatlashtirish bo’yicha amaliy bilimlar berdi.

M.Mirsoatova

https://www.facebook.com/photo/?fbid=1039888844787197&set=a.438812011561553

Отправить комментарий

Возможно, вы пропустили