2025-yil 2-iyul kuni SHARQ AYOLI Fondi raisi Saodat Tursunboyeva bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Jamshid Baxodir o‘g‘li Sultonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, shuningdek, kiberbarqarorlik, sun’iy intellekt, elektron tijorat asoslari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy ta’limni rivojlantirish sohasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Alohida e’tibor SHARQ AYOLI Fondining “Ayol va raqamli iqtisodiyot” loyihasi doirasida talaba qizlar va yosh ayol olimalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalasiga qaratildi.
M. Mirsoatova
https://www.facebook.com/photo?fbid=1073160481460033&set=a.438812011561553
Отправить комментарий