Boy madaniy merosimizni asrash, rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan strategik hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!
«Sharq ayolli» Xalqaro ayollar fondi, «Tarika» ayollar markazi va Fransuz madaniyat markazi «Isteza» san’at, hunarmandchilik va ta’lim sohalaridagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun kuchlarini birlashtirishmoqda.
Maqsadimiz — an’anaviy hunarmandchilik va nomoddiy merosga yangi hayot bag‘ishlash, noyob madaniy loyihalarni yaratish hamda Sharq va G‘arb o‘rtasida mustahkam ko‘priklar qurishdir.
Ushbu hamkorlik doirasida biz quyidagilarni rejalashtiryapmiz
Sharqona an’analar va Yevropa san’at uslublarini uyg‘unlashtirgan ko‘rgazmalar va mahorat darslarini tashkil etish;
Ijodkor hunarmandlar va rassomlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish;
Yoshlar uchun madaniy va ta’lim dasturlarini tashkil etish, o‘zaro hurmat va madaniyatlararo anglashuvni rivojlantirish.
Saodat Tursunbayeva
Отправить комментарий