Сейчас загружается

O‘zbekiston NNTlari Milliy Assotsiatsiyasining 20 yillik yubileyi bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston NNTlari» Fuqarolik jamiyati haftaligi» Forumi doirasida
O‘zbekiston NNTlari Milliy Assotsiatsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlab, uning asoschilari tashkilot rivojiga qo‘shgan hissalari uchun taqdirlandilar.

“SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi 2005 yildan buyon asoschi sifatida ushbu yubiley munosabati bilan barcha asoschilar qatori mukofotga sazovor bo‘ldi.

“SHARQ AYOLI” Xalqaro ayollar jamoat fondi O‘zbekiston NNTlari Milliy Assotsiatsiyasini 20 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklaydi hamda Assotsiatsiyaga fuqarolik jamiyati institutlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, yangi yutuqlar va mamlakat rivoji yo‘lida yorqin tashabbuslarni tilaydi!

Har bir yangi faoliyat yili yanada ko‘proq ahamiyatli loyihalar, hamfikrlar va ilhom bag‘ishlovchi natijalarni olib kelsin.

Hurmat bilan,
XAJ Fondi raisi
Saodat Tursunbоeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid02Ytc3MmMa9xDt1kLvCNLjQzHqPtGnmayg9r9rogtFw91i2gAi6RSEVD7BsbQrRrzLl

Отправить комментарий