Hurmatli hamkasblar, aziz mukofot sohiblari!
“Sharq ayoli” Xalqaro ayollar jamg‘armasi nomidan sizlarni “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishingiz munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Ushbu mukofot — jamiyatimizda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, NNTlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi rolini yuksaltirish, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek muhim ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida tiniq-mehnatingizga berilgan yuksak bahodir.
Sizning fidoiylik bilan olib borayotgan ishlaringiz, ibratli sa’y-harakatlaringiz va yurtimiz ma’naviy hamda fuqarolik taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissangiz keng jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
Sizlarga mustahkam salomatlik, yangi ijodiy va tashkiliy g‘alabalar, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi marralarni zabt etishingizni tilaymiz.
Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz har doim yuksak samar berishini tilaymiz!
Hurmat bilan,
“Sharq ayoli” XAJ Fondi
Raisi Saodat Tursunboeva


Отправить комментарий