Сейчас загружается

SHARQ AYOLI jamg‘armasi “Pekin+30: gender tengligi, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi milliy forumda ishtirok etdi

Forum doirasida O‘zbekistonda ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, ayollarning siyosiy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini oshirish, bosim va zo‘ravonlikdan himoya qilish, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi sharoitida gender yondashuvini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

So‘nggi yillarda gender tengligini ta’minlash borasida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ayollarning qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash, zo‘ravonlikka qarshi manzilli profilaktik choralarni kuchaytirish hamda huquqiy savodxonlik darajasini oshirish kabi dolzarb masalalar ham har tomonlama ko‘rib chiqildi.

Saodat Tursunbayeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid024Y8617K9KcVtmchUCVboKMow3UqSQQ3tKf3oWZTKQobNexrCzY4X7mB5c4U4FAhYl

Отправить комментарий