Сейчас загружается

Oʻzbekiston energetikasida xavfsiz texnologiyalar

2026-yil 27-yanvar  kuni SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamgʻarmasi ofisida energetika sohasidagi yetakchi sanoat injiniring kompaniyalari — KЭR-Avtomatika (Rossiya Federatsiyasi) va PINAM (Qozogʻiston) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda “Oʻzbekiston energetika obyektlarida buzmasdan nazorat qilish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirish sohasida texnologiyalar transferi” yoʻnalishidagi STARTAPni ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan hamkorlikda, shuningdek quyidagi tashkilotlar ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:
— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi
— Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
— CYBER PARK
— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(Innovatsion rivojlanish agentligi, Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi milliy ofisi),
shuningdek boshqa tegishli vazirlik va idoralar.

SHARQ AYOLI jamgʻarmasi yuqori texnologiyalar sohasida davlatlararo va tarmoqlararo muloqotni rivojlantirish tashabbuskori, shuningdek davlat, biznes, ilm-fan va startap hamjamiyatini birlashtiruvchi platformani yaratish tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.

Jamgʻarma, shuningdek: — energetika sohasiga mutaxassislar, yosh muhandislar va tadqiqotchilarni jalb etish drayveri;
-ijtimoiy yoʻnaltirilgan, taʼlim va kadrlar tayyorlashga oid tashabbuslarni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritmoqda.

Saodat Tursunboyeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid0mMVndfywPrSooeizXFRnAipQVnSwy89U1qtA5dffCbF8dSsRRoWbsz93aZqeGGfGl

Отправить комментарий