O’zbekistonda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan va ilmiy ijodkorlikdan ilhomlangan tadqiqotchilarning yangi avlodi o’sib kelmoqda.
2025-yil 6-may kuni O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy
assotsiatsiyasi anjumanlar zalida kichik maktab akademiyasi ishtirokchilarining ilmiy dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha XV yillik yig’ilishi bo’ldi.
Ushbu muhim voqea 2010 yildan buyon «Sharq ayoli» xalqaro ayollar jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan «Barkamol avlod-Vatan faxri» ta’lim va ma’rifiy loyihasi doirasida bo’lib o’tdi.
Kichik maktab akademiyasining yig’ilishi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha
maktab o’quvchilarining salohiyatini ochib berish va mamlakatning
intellektual elitasini shakllantirishga qaratilgan konsepsiyasini amalga oshirishni aks ettirdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Yoshlarga sarmoya kiritish — bu davlat kelajagiga sarmoya kiritish»-dir.
Kichik maktab akademiyalarining shiori «Maktab partasidan ilmiy mingbargacha»
Tadbir tashkilotchilari:
«Sharq aioli» xalqaro ayollar jamoat fondi, O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O’zbekiston menejerlar assotsiatsiyasi uyushmasi.
Tadbir O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi
ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi va Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida amalga oshirildi.
Tadbirda o’quvchilar, o’qituvchilar, ilmiy hamjamiyat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Ular ”Diplomat International School “qoshidagi kichik maktab akademiyasi
ishtirokchilari o’zlarining tadqiqotlarini talabalar loyihalaridan kam
bo’lmagan darajada taqdim etishlariga guvoh bo’lishdi.
Kichik maktab akademiyasi rahbari, tarix fanlari nomzodi Yelena Asriyeva 8-9 sinf o’quvchilari tomonidan maruzachilarni tanishtirdi.
Imron Yo’ldoshev — «Darknet va undan tashqarida internetning soyali tomoni qanday ishlaydi».
Oleg Poslaev — Vena Kongressi: ”Asrlar tarixini o’zgartirgan hujjatlar»
Eva Pavlus — «Biomimikriya: moslashish bo’yicha qo’llanma»
Behzojon Mirpulatov — «Montaj dunyosi yoki zamonaviy kino»
Ivan Sedix — «Atom energiyasining ijobiy va salbiy tomonlari»
Kamila Chigataeva — «Zamonaviy o’spirinlarning nutq odob-axloqi»
Ekspertlar kengashi tarkibiga oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar va yetakchi psixologlar kirdi.
Umumta’lim maktablari negizida faoliyat yuritayotgan kichik maktab akademiyalari muhim vazifani bajaradi — bolalarda fanlarga qiziqishni uyg’otadi, tahliliy fikrlash va tadqiqot olib borish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Bu akademiyalar— o’quvchilarning g’oyalarini loyihaga aylanishi va ilmiy baho olishi mumkin bo’lgan makondir.
Yuqoridagi ma’ruzachilarning ilmiy chiqishlari — O’zbekistonda maktab ta’limiga ilmiy yondashuv va loyiha faoliyatini integratsiyalashtirish yo’lida ishonchli qadamlar qo’yayotganini tasdiqladi. Bu mamlakatda O’zbekistonning innovatsion kelajakka yetaklay oladigan yosh ziyolilar avlodi shakllanayotgani haqida ishonch bilan gapirishga asos beradi.
Muallif: Sayyora Atabaeva
Отправить комментарий