2025 yil 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Respublika ilmiy-uslubiy ta’lim rivojlantirish markazida O‘zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi va SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamoat fondining ta’lim loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fondining Milliy raqamli platforma va sun’iy intellektga asoslangan «Onlayn psixologik xizmat» startapi sinovdan o‘tkazish natijalari muhokama qilindi.
Ushbu platforma o‘quvchilarni testdan o‘tkazish, 15 daqiqa ichida psixologik portret tayyorlash, shuningdek, Virtual psixolog kabinetini o‘z ichiga oladi.
Sinov jarayonlari O‘zbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi, «Ilm Nuri» NNT va O‘zbekiston Oliy Majlisi huzuridagi Bolalar Ombudsmani bilan hamkorlikda maktablarda o‘tkazildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 apreldagi PP-128-sonli «Ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlari sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Saodat Tursunboeva
https://www.facebook.com/photo/?fbid=975793797863369&set=a.438812011561553
Отправить комментарий