«SHARQ AYOLI» Xalqaro ayollar jamoat fondi sun’iy intellekt bo‘yicha ekspert-amaliyotchi va yetakchi trener Konstantin Kondratyuk bilan hamkorlikda yoshlar va ayol tadbirkorlar uchun ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ymoqda.
Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) endi kelajak texnologiyasi emas, balki kundalik ish jarayonlarini optimallashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va biznesni kengaytirishga yordam beradigan samarali ish vositasidir.
Ta’limni kim olib boradi?
Konstantin Kondratyuk — fintech va telekommunikatsiya sohalarida 17 yillik tajribaga ega Digital Product Owner (raqamli mahsulotlar boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis). U Hamkorbank, MTS va VTB kabi kompaniyalarda faoliyat yuritgan, yirik AI-loyihalar portfeliga rahbarlik qilgan hamda sun’iy intellekt sohasida kompetensiya markazlarini tashkil etgan.
Seminarlar davomida ishtirokchilar zamonaviy AI-vositalarini amaliyotda qanday qo‘llashni o‘rganadilar. Mashg‘ulotlar murakkab nazariyalarsiz, biznes va kasbiy rivojlanishning real vazifalariga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring! Yaqin kunlarda seminarlar jadvali, mashg‘ulotlar mavzulari va ro‘yxatdan o‘tish havolasini e’lon qilamiz!
Искусственный интеллект для бизнеса и карьеры: стартует серия обучающих семинаров!
Международный женский общественный фонд «SHARQ AYOLI» совместно с Константином Кондратюком — экспертом-практиком и ведущим тренером по искусственному интеллекту — запускает образовательную программу для молодёжи и женщин-предпринимателей.
Сегодня AI — это уже не технологии будущего, а рабочий инструмент, который помогает оптимизировать рутину, улучшать клиентский сервис и масштабировать бизнес.
Кто проводит обучение?
Константин Кондратюк -Digital Product Owner с 17-летним опытом в финтехе и телекоме (Hamkorbank, МТС, ВТБ), руководитель портфелей крупных AI-продуктов и создатель центров компетенций в сфере искусственного интеллекта.
На семинарах участники разберут, как применять современные AI-инструменты на практике — без сложной теории, с фокусом на реальные задачи бизнеса и профессионального развития.
Следите за анонсами: скоро опубликуем расписание, темы занятий и ссылку на регистрацию!



Отправить комментарий