Сейчас загружается

SHARQ AYOLI jamg’armasi va AQSH Davlat departamenti raqamli texnologiyalar va AI rivojlanishini muhokama qildilar

​2026-yil 30-sentabr kuni Ostonada o’tkazilgan «Markaziy Osiyo + AQSH» formatidagi Sun’iy intellekt bo’yicha xalqaro konferensiya doirasida SHARQ AYOLI Xalqaro ayollar jamoat fondi raisi Saodat Tursunbayeva va AQSH Davlat departamentining Xalqaro munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi rahbari Greys Meyson (Grace Mason) o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Sun’iy intellektni rivojlantirish markazi direktori o’rinbosari Zuhriddin Shadmanov ham ishtirok etdi.

​Suhbat davomida Jamg’arma raisi «Ayol va raqamli iqtisodiyot» loyihasini amalga oshirish bo’yicha muvaffaqiyatli tajribani taqdim etdi. Xususan, O’zbekiston va Qoraqalpog’istonning qishloq hududlaridan bo’lgan ayol-tadbirkorlar, faoliyatini yangi boshlayotgan biznes-ledilar, shu jumladan nogironligi bo’lgan xotin-qizlarni sun’iy intellekt, elektron tijorat va kiberxavfsizlik asoslariga o’rgatishga qaratilgan bepul ta’lim seminarlarining natijalari yoritildi..

​ Ayoli va raqamli iqtisodiyot» loyihasi Jamg’arma tomonidan 2019-yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda O’zbekiston Xotin-qizlar va oila qo’mitasi ko’magida, O’zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, O’zbekiston Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda BMTTD (UNDP), USAID, ACTED, TBC Bank va boshqalarning grant mablag’larini jalb etgan holda yo’lga qo’yilgan edi. 6 yil davomida 5 mingdan ortiq xotin-qizlar o’qitildi.

​2026-yilda SHARQ AYOLI Jamg’armasi BMT EKO-SOS Kengashi huzurida maxsus konsConsultativ maqomga ega bo’ldi.

​Saodat Tursunbоyeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid0dvbAe2PUmwd9zW964kZhcuRsCYaQ2ezfKpwzm36paLuTBBy3zpesPbpeKEcHZV6wl

Отправить комментарий