2025-yil 16-iyun kuni SHARQ AYOLI jamg‘armasi ofisida «International Investment Financial Cooperation» kompaniyasi vakillari, bosh direktor Nematova N.V. boshchiligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston Prezidentining to‘rtinchi sanoat inqilobini rivojlantirish tashabbusiga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida innovatsion ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildilar.
Shuningdek, hayotda qiyin vaziyatlarga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.
M.Mirsoatova
Отправить комментарий