2025-yil 28-avgust kuni “SHARQ AYOLI” jamg‘armasi ofisida “O‘zbekiston — Rossiya: fan, texnologiyalar va sog‘liqni saqlash integratsiyasi” mavzusida o‘zbek-rossiya davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Maqsad: innovatsiyalar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish.
Rossiya delegatsiyasi tarkibi:
Kobyakova Yekaterina Alekseyevna — 2019–2023-yillarda N.N. Bloxin nomidagi NMIС onkologiya institutining NII KiER rahbari, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha kompaniyalar guruhining asoschisi, Moskva mintaqaviy “Rossiya ayollari” ittifoqi va Nikolay Mo‘’jizakor jamg‘armasi raisi.
Gracheva Yelena Yuryevna — 2019–2023-yillarda “Skolkovo” jamg‘armasi raisining maslahatchisi, 2023–2024-yillarda MDH davlatlari bilan hamkorlik yo‘nalishi rahbari, tibbiy xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha loyihalarda ishtirokchi.
Mayushkin Valeriy Vasilyevich — UR-LI kompaniyasi asoschisi, biznes muammolarini hal etishga mo‘ljallangan sun’iy intellektga asoslangan huquqiy tizim ishlab chiquvchisi, “Skolkovo” Innovatsion markazi rezidenti.
Ishtirokchilar: “SHARQ AYOLI” jamg‘armasi a’zosi bo‘lgan xususiy kompaniyalar vakillari.
Muallif: M.Mirsoatova
https://www.facebook.com/photo?fbid=1117867876989293&set=a.438812011561553
Отправить комментарий