Сейчас загружается

SHARQ AYOLI jamg‘armasining “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlaridagi ishtiroki

2025-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qurolli Kuchlar faxriylari, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagiga o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylari, shuningdek, yurtimizning oltin fondi hisoblangan yoshlar — universitet kursantlari va talabalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Xalqaro jamoat ayollar jamg‘armasi SHARQ AYOLI raisi Saodat Tursunbayeva, iste’fodagi polkovnik Abubakir Navruzov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Vatan tayanchi” boshqarmasi boshlig‘i, iste’fodagi podpolkovnik Akobir Nurillayev, iste’fodagi polkovnik Rashid Abdullayev, jangchi-internatsionalchilar tashkiloti raisi Talat Muradov hamda “O‘zbekiston patrioti” loyihasi rahbari Said Xabirov mazmunli chiqishlar bilan so‘zga chiqdilar.

Uchrashuv vatanparvarlik, hurmat va avlodlar vorisiyligi ruhida o‘tib, faxriylar va yoshlar o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylandi.

M.Mirsoatova

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid026cak784kzfpKLyyjjN5RRhZCDsHiBybbkeisVUjyV72ErCfAdJJHhvQJmMHm3Gcjl

Отправить комментарий