2026-yil 23-iyun kuni «SHARQ AYOLI» jamg‘armasi onlayn formatda BRICS+20 sessiyasida ishtirok etdi: «Ta’lim va axborot konturlari — fan, ta’lim, texnologiyalar transferi va nashriyot loyihalarini integratsiya qilishning asosi» mavzusidagi O‘ninchi xalqaro professional forum -«KITOB. FAN. MADANIYAT. TA’LIM. INNOVATSIYALAR».
Sessiya BRICS+ mamlakatlarida barqaror ta’lim va axborot konturlarini shakllantirishga bag‘ishlandi. Ushbu konturlar fundamental va amaliy fan, raqamli ta’lim, yuqori texnologiyalar transferi hamda xalqaro nashriyot loyihalari sohalarida chuqur integratsiyaning asosiga aylanmoqda.
«SHARQ AYOLI» jamg‘armasi masofaviy ta’limni rivojlantirish, ta’limni raqamlashtirish, texnologiyalar transferi va startaplar sohasida amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbir doirasida BRICS++ mamlakatlari ta’lim tashkilotlari Konfederatsiyasi Xartiyasi imzolandi. Ushbu hujjat oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va infratuzilma institutlari o‘rtasida inson kapitalini rivojlantirish va texnologik suverenitetni ta’minlash maqsadida uzoq muddatli hamkorlik tamoyillarini mustahkamlaydi, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Saodat Tursunbоyeva


Отправить комментарий