2026-yil 3-noyabr kuni «SHARQ AYOLI» Xalqaro ayollar jamoat fondining «Raqamli maktab» startap-loyihasi yo‘nalishlarini amaliy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ishchi uchrashuv doirasida ishtirokchilar Jamol Shavdirovning innovatsion ishlanmasi — Kids Mind Lab onlayn-platformasi bilan tanishdilar.
Loyihada ta’limiy videoo‘yinlar hamda o‘quvchilarning individual xususiyatlari va o‘zlashtirish sur’atiga mos ravishda material murakkabligini moslashtiruvchi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda matematika fanlarini tezlashtirilgan tarzda o‘zlashtirish metodikasi taklif etilmoqda.
Platformani Toshkent shahrining Shayxontohur tumani 180-sonli maktabi ta’lim muhitiga integratsiya qilish imkoniyatlarining ekspertlar muhokamasida quyidagilar ishtirok etdilar:
Maksim Igorevich Arkadiev — 180-sonli maktab direktori;
Oygul Kazaxovna Alibekova — matematika fani o‘qituvchisi.
Yig‘ilish ishtirokchilari taqdim etilgan usulning o‘quvchilar jalb Doriligini oshirish hamda aniq fanlar bo‘yicha bazaviy ko‘nikmalarni mustahkamlashdagi yuqori salohiyatini ta’kidladilar.
S.Tursunboeva


Отправить комментарий