2026-yil 27-oktabr kuni Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasida «O‘zbekiston – Ozarbayjon» do‘stlik jamiyati Boshqaruvi a’zolaridan iborat delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mammadov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyaga Jamiyat ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar va jamoatchilik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
«SHARQ AYOLI» Xalqaro ayollar jamoat fondi raisi, 2010-yildan buyon «O‘zbekiston – Ozarbayjon» do‘stlik jamiyati Boshqaruvi a’zosi Saodat Tursunbоyeva o‘z nutqida ta’lim, elektron tijorat (E-commerce) va sun’iy intellekt (AI) sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.
ВСТРЕЧА В ПОСОЛЬСТВЕ АЗЕРБАЙДЖАНА
27 октября 2026 года в Посольстве Азербайджанской Республики в Узбекистане состоялась встреча делегации Правления Общества дружбы «Узбекистан – Азербайджан» с Чрезвычайным и Полномочным Послом Рашадом Мамедовым.
Делегацию возглавил исполнительный директор Общества, профессор Эркин Нуриддинов.
В ходе встречи обсуждались перспективы укрепления узбекско-азербайджанских отношений и расширения культурно-гуманитарного и общественного сотрудничества.
Саодат Турсунбаева, председатель Международного женского общественного фонда SHARQ AYOLI, член Правления Общества с 2010 года, выступила с предложениями по реализации совместных проектов в сфере образования, развития электронной коммерции (E-commerce) и искусственного интеллекта (AI).



Отправить комментарий