Сейчас загружается

Ikkinchi Osiyo ayollar forumi O‘zbekiston va Hindiston hamkorligining drayveriga aylandi

2026-yil 17-may kuni Tashkent Marriott mehmonxonasida Xalqaro “SHARQ AYOLI” ayollar jamg‘armasi raisi Saodat Tursunbayeva va Hindistonning Global Trade & Technology Council raisi doktor Rashmi Saluja o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Osiyo ayollar forumining yakunlari bo‘ldi.

Forum innovatsiyalar, ta’lim, ayollar salomatligi va tadbirkorlik sohalarida tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim xalqaro platforma maqomini tasdiqlagani, shuningdek, O‘zbekiston
-Hindiston hamkorligini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochgani ta’kidlandi.

Tomonlar ayollarning innovatsiyalar va texnologiyalardagi rolini kuchaytirish, barqaror rivojlanish va sog‘liqni saqlashga qo‘shayotgan hissasi hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Saodat Tursunbayeva nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro muloqotni mustahkamlash va innovatsion yechimlarni ilgari surishdagi muhim rolini alohida ta’kidladi.

Ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik 2025-yilda Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida boshlangan bo‘lib, “Sog‘liqni saqlashdagi innovatsiyalar” xalqaro tanlovi yakunlariga ko‘ra, Yevroosiyo ayollar forumi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda doktor Rashmi Saluja va Saodat Tursunbayeva Hindiston va O‘zbekiston vakili sifatida 17 ta boshqa nomzodlar orasida elchi (ambassador) etib tanlanganlar еdi.

Sayyora Atabоeva

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid0QM6yx7DHiLgsL3rsoG1DVv5ztFTHAdtEn9Z9XxyHZRQkbVr5PjPmxVjS3FtscggMl

Отправить комментарий