Сейчас загружается

Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash

2026 yil 25–26 iyun kunlari “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi Toshkent shahridagi AZIMUT mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida ishtirok etdi.

Tashkilotchilar: “Yuksalish” umumiy milliy harakati hamda Buyuk Britaniya xalqaro taraqqiyot vazirligi. Forum “Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” xalqaro dasturi doirasida o‘tkazildi.

Forumning maqsadi – fuqarolik jamiyati sektorining asosiy yutuqlarini muhokama qilish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining barqaror rivojlanishi uchun umumiy istiqbollarni ishlab chiqishdan iborat.

Fond raisi quyidagi yo‘nalish bo‘yicha ekspert sifatida so‘zga chiqdi: jamoalarni iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni kamaytirish va o‘rta sinfni kengaytirish. Fond tomonidan xalqaro startap loyihalarni rivojlantirish, NNTlarning intellektual mulkini baholash hamda davlatlararo loyihalar uchun grantlarni jalb etish taklif etildi.

Forum ekspertlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston NNTlari 2025 yilda 2,8 milliard dollar mablag‘ jalb qilgan. Taqqoslash uchun, Tojikistonda bu ko‘rsatkich 6 million dollarni, Qirg‘izistonda esa 609,2 million dollarni tashkil etadi.

NNTlarning asosiy qadriyati sifatida turli rivojlanish sohalarida aniq manzilli va barqaror yechimlarni ishlab chiqish qobiliyati alohida ta’kidlandi.

Forum doirasida “Fuqarolik uslubi” nomli moda namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning yetakchi NNT rahbarlari taniqli dizayner Lola Sayfi tomonidan yaratilgan milliy liboslarda chiqish qildilar.

Sayyora Atabоyevа

https://www.facebook.com/www.silkway.uz/posts/pfbid0uJmvwC6nVnAj6zeWJKLrkyqaf3AWTHd95uAivLPoQ2CYDLfC676M245THXwT6h8zl

Отправить комментарий